«maktab direktorlari» tegli maqolalar


Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi
26 dekabr 2023, 10:59 3

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident
29 avgust 2023, 10:41

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident

2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Muqaddam sudlanganlar maktablarda rahbar bo‘lishi taqiqlanishi mumkin
9 noyabr 2022, 14:40

Muqaddam sudlanganlar maktablarda rahbar bo‘lishi taqiqlanishi mumkin

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga ko‘ra, bir qator toifadagi shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbar lavozimiga tayinlashni taqiqlash taklif etilmoqda. Ular orasida muqaddam sudlangan va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bor.

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi
5 aprel 2022, 19:14

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi

1-sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi va shunga ko‘ra ular lavozimga tayinlanadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “yangi o‘quv yiliga qadar tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan 173 ta maktab tashkil etilishi shartligi va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar ekanligini” ta’kidladi.

«Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman xolos, o‘lay agar boshqa maqsadim yo‘q» — Rasul Kusherbayev Sherzod Shermatovga javob qaytardi
1 mart 2021, 15:51

«Men qonun ustuvor bo‘lishini istayman xolos, o‘lay agar boshqa maqsadim yo‘q» — Rasul Kusherbayev Sherzod Shermatovga javob qaytardi

Xalq ta’limi vaziri deputat Rasul Kusherbayevning o‘quvchisi OTMga kirolmagan maktab direktorlarini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi fikrlarini populizm deb ta’riflagan edi. Deputat bunga javob berib, u faqat qonun ustuvorligi tarafdori ekanligini aytdi. «Agar demokratik davlatlar qatori qonun ustuvorligini ta’minlash va muammoni sud orqali hal qilish populizm bo‘lsa unda men emas, avvalo qonunlar va Mehnat kodeksi bosh populist bo‘lib qolmaydimi?», — dedi Kusherbayev.

Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas — Rasul Kusherbayev
22 fevral 2021, 18:59 1

Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev OTMga kirolmagan o‘quvchilar sababli maktab direktorlari ishdan olinishi «demagogiya ekanligi» va o‘qituvchilarning bunda aybi yo‘qligini ta’kidladi. «Bolaning tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lsa, o‘qishga kirishni xohlamasa ham biz o‘qituvchini ayblaymizmi?», — dedi deputat. Uning aytishicha, bunday talab qonunchilik yoki Mehnat kodeksida belgilanmagan.

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi
4 yanvar 2021, 13:19

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi

O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab direktorlari va soatbay ishlovchi o‘qituvchilarga ham oylik ustamalar to‘lanadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi
11 noyabr 2020, 17:49

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi

Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting